
Qudratillo Abduqahhorov Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketadi
Profescional boksning yarim o‘rta vazn toifasida (66.6 kg) IBF yo‘nalishining chempionlik kamari uchun majburiy da’vogari Qudratillo Abduqahhorov o‘zining navbatdagi jangiga tayyorgarlikni boshlash uchun 18 noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketadi. Biz bu borada bokschi bilan bog‘lanib, uning fikriga qiziqdik.
- 18 noyabr kuniga chipta olganmiz. AQShga borib, tayyorgarlikni davom ettiramiz. Navbatdagi jangim kimga qarshi bo‘ladi, o‘sha erga borganimizda hal bo‘ladi.
Aslida, hamyurtimiz Qudratilla Abduqahhorov va Sergey Lipinets o‘rtasida IBF vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun jang 24 oktyabr kuni bo‘lishi kerak edi. Ammo Abduqahhorov viza muammosi tufayli, okean ortiga bora olmadi va ushbu kamar uchun Sergey Lipinets Kastio Kleytonga qarshi ringga ko‘tarildi. Mazkur to‘qnashuv durang natija bilan yakun topgani uchun Qudratillo Abduqahhorov hamon IBF jahon chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar bo‘lib qolmoqda.
Fikrlar