
Polvonov, Grigalashvili va yana bir qator futbolchilar AGMK bilan shartnomasini uzaytirdi
Yangi mavsumga taraddud ko‘rayotgan AGMK tayyorgarlik bosqichining uchinchi qismini 27 yanvardan e’tiboran BAAning Dubay shahrida davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
2020 yilgi mavsumda olmaliqliklar sharafini himoya qiladigan futbolchilar: Suhrob Sultonov, Roman Abdulov, Akmal Shorahmedov, Mirg‘iyoz Sulaymonov, Bobur Yo‘ldoshev, Igor Zonich, Sardor Rahmonov, Saydullo Rahmatov, Dilshod Jo‘raev, Mirjamol Qosimov, Erkin Baydullaev, Jasur Umarov, Murod Toshmatov, Elguja Grigalashvili, Zafar Polvonov, Shahzod Nurmatov bilan shartnoma uzaytirildi.
Shuningdek, jamoa yangi mavsum oldidan serbiyalik yarim himoyachi Yovan Jokich va turkmanistonlik vinger Arslonmirat Amanovni ortga qaytardi. Hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida gruziyalik hujumchi Mate Vatsadze bilan shartnoma imzolandi. Shuningdek, o‘zbekistonlik tajribali futbolchi Sanjar Tursunov hamda "Paxtakor" yoshlar jamoasi safidagi o‘yinlari orqali o‘z iste’dodini namoyon qilgan Xojimat Erkinov tarkibga qo‘shildi.
Yoshlar jamoasidan Farhod Imamov, Nizomiddin Ziyovutdinov hamda Sheroz Jalolov jalb etilgan.
Fikrlar