"Paxtakor"ning Oston O‘runov jamoasiga qarshi o‘yinida kiritilgan gollarni tomosha qiling (Video)

  • 11 fevral, 2022, 12:29
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" Turkiya yig‘ini doirasida navbatdagi nazorat o‘yinida Rossiya premer-ligasi vakili "Ufa" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Tecno

Bellashuv raqibning tezkor goli bilan boshlandi. Burchakdan uzatilgan to‘pni Botaka yaqin masofadan darvozaga aniq yo‘lladi. Shundan keyin tashabbus "sherlar" tarafiga o‘tdi. Xolmatovning urinishidan so‘ng to‘pni rossiyaliklar posboni qaytardi. 28-daqiqada chiroyli uyushtirilgan hujumda Aliboevning uzatmasidan keyin Rashidov muvozanatni tikladi - 1:1.

O‘yinning qolgan vaqti mobaynida toshkentliklar ustunlik bilan harakat qildi. Biroq raqib darvozasini ishg‘ol qilish nasib etmadi. Shu tariqa, "Paxtakor"ning ikkinchi nazorat o‘yini durang bilan tugadi.

Uchinchi nazorat uchrashuvi 15 fevral kuni "Dinamo" Tbilisiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Quyida "Paxtakor" - "Ufa" uchrashuvida kiritilgan gollarni tomosha qiling:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!