"Paxtakor" futbolchisi OFK so‘rovnomasida ishtirok etmoqda (video)

  • 14 fevral, 2021, 08:25
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OFK rasmiy sayti Osiyo Chempionlar Ligasi ortda qolgan mavsumi davomida bosh bilan urilgan eng chiroyli golni aniqlash borasida so‘rovnoma o‘tkazmoqda.

Tecno

Biz uchun quvonarli jihati, unda "Paxtakor" etakchisi Dragan Cheran ham ishtirok etyapti. "Sherlar"ning serbiyalik legioneri 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Eronning "Istiqlol" klubiga qarshi bellashuvda hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylangandi.

Cheranga ushbu so‘rovnomada Cheyk Diabate ("Istiqlol"), Saad Natik ("Al-Shorta"), Li Shenlun ("Shanxay SIPG") hamda Mexdi Abdi ("Persepolis") raqiblik qilmoqda.

Quyidagi havola orqali so‘rovnomada ishtirok etishingiz mumkin:

http://bit.ly/ACL2020_Headers

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!