
"Paxtakor" BAA klublariga qarshi qanday natijalar qayd etgan?
Xabaringiz bor, "Paxtakor" Osiyo Chempionlar ligasi yangi mavsum guruh bosqichining ilk turini 19 sentyabr kuni Toshkentda BAAning "Al-Ayn" klubiga qarshi o‘tkazadi.
Osiyo Chempionlar ligasi doirasida "Paxtakor" Birlashgan Arab Amirliklari jamoalariga qarshi 21 ta uchrashuv o‘tkazgan. Shularning 12 tasida "sherlar" g‘alaba qozongan bo‘lsa, 5 ta o‘yinda durang va 4 bahsda raqiblar muvaffaqiyati kuzatilgan.
Toshkentliklar ushbu o‘yinlarda jami 33 to‘p kiritgan bo‘lsa, o‘z darvozasidan 21 ta to‘p o‘tkazib yuborgan. Poytaxtimizda o‘tgan 9 bahsning 6 tasida "Paxtakor" zafar quchgan, bir durang va ikki mag‘lubiyat qayd etilgan. BAAdagi 11 bahsda ham "Paxtakor" ijobiy ko‘rsatkichlar qayd etgan: 6 g‘alaba, 3 durang va 2 mag‘lubiyat. Bir so‘z bilan aytganda "sherlar" BAA klublariga qarshi to‘qnashuvlarda o‘ziga xos ijobiy tajribaga ega deb aytish mumkin.
Maksim Shatskix shogirdlari hozirga qadar BAA klublaridan "Ahli", "Vahda", "Ayn", "Baniyas", "Shabab", "Jazira", "Nasr", "Shabab Al Ahli" va "Sharja"ga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushgan.
"Al Ahli": 3:2, 1:0, 2:0, 2:1
"Al Vahda": 4:0, 1:1
"Al Ayn": 1:0, 3:2, 0:1, 1:1
"Baniyas": 1:1, 0:2
"Al Shabab": 1:0, 1:2
"Al Jazira": 3:1, 3:0
"Al Nasr": 2:1
"Shabab Al Ahli": 2:1, 0:0
"Sharja": 1:4, 1:1.
Man6a: "Paxtakor" matbuot xizmati
Fikrlar