
O‘zbekistonlik murabbiy Indoneziya terma jamoasini boshqaradimi?
O‘zbekiston terma jamoasida bosh murabbiyning yordamchisi sifatida faoliyat olib borayotgan Temur Kapadze Indoneziya milliy jamoasiga ustozlik qilishi mumkin. Bu haqda "Goal Media" nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Indoneziya Futbol Federatsiyasi hozirda uch mutaxassis nomzodini muhokama qilmoqda. Ular — o‘zbekistonlik Kapadze, germaniyalik Tomas Doll (“Persija” klubi sobiq murabbiyi) va ispaniyalik Xesus Kasas (Iroq terma jamoasining sobiq murabbiyi).
Avvalgi murabbiy Patrik Kluyvert bilan shartnoma o‘zaro kelishuv asosida bekor qilingan. U joriy yilning 8 yanvar kuni tayinlangan, biroq natijalar kutilgandek bo‘lmadi. Jamoa 2026 yilgi Jahon chempionati saralashida Iroqqa 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, mundial yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Kapadze qo‘l ostida O‘zbekiston terma jamoasi “JCh–2026” musobaqasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar