Husanov haqida xunuk xabar

  • 17 oktabr, 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari Abduqodir Husanovning maydonga qaytishini kutmoqda. Avvadiga engil darajada ekani aytilgan jarohatning tuzalishi biroz cho‘zildi. Xosep Gvardiola o‘zbek futbolchisi atigi uchta uchrashuvni o‘tkazib yuborishini aytgandi.

Tecno

Biroq 5 oktyabrga qadar maydonga qaytishi kutilgan Abduqodir ikki hafta davom etgan xalqaro tanaffusni ham o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keldi.

Sports.uz portali  Angliya futbolini yoritayotgan nufuzli manbalarning “Manchester Siti”dagi jarohatlangan o‘yinchilar, xususan, Abduqodir Husanovning ahvoli haqidagi oxirgi ma’lumotlarini o‘quvchilar e’tiboriga havola etadi.

- “Manchester Siti” 18 oktyabbr kuni “Everton” bilan bo‘ladigan uchrashuvdan oldin Rodri va Abduqodir Husanovning jismoniy holati bo‘yicha muhim xabarlarni oldi.

Unga ko‘ra, har ikki etakchi o‘yinchining bo‘lajak bahsda ishtirok etishi katta so‘roq ostida turibdi. “Shaharliklar” xalqaro tanaffusdan keyin Xosep Gvardiola hamkasbi Devid Moyes jamoasiga qarshi bo‘ladigan uchrashuvga tayyorgarlik jarayonida yana muammolarga duch keldi.

Rodri va Husanovning jamoa yordam bera olmayotgani Gvardiola rejalariga jiddiy zarba bo‘lmoqda. Rodrining yo‘qligi “Manchester Siti”ning  maydon markazidagi barqarorligiga putur etkazyapti. Ayniqsa, bu jamoaning to‘pni nazorat qilishdagi ustunligiga zarba bo‘layapti.

Abduqodir Husanov ham jarohatlar tufayli bu mavsumda ko‘p vaqtini davolanishga sarflayapti. Yil boshida jamoaga qo‘shilgan o‘zbek futbolchisi mukammal o‘yini va tez moslashuvchanligi bilan murabbiylar shtabi ishonchini oqlab kelayotgan edi.

Bo‘lajak o‘yin oldidan 21 yoshli himoyachi ham optimal sport formasini tiklashga ulgurmadi.  MailSport jurnalisti Jek Goganning ta’kidlashicha, Rodri va Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ning xalqaro tanaffusdan keyingi ilk umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etmagan.

Sky Sports eksperti Ben Rensning ta’kidlashicha, Husanov jismoniy yuklamalarga ko‘nikish maqsadida, hozircha faqat individual mashqlarni bajaryapti.

Jamoada yuzaga kelgan bu holat Xosep Gvardiolani bezovta qilyapti. Ayniqsa, klub 21 yoshli o‘zbek himoyachisini uzoq muddatli loyihadagi asosiy figuralardan biri sifatida qabul qilayotgani muhim. Murabbiylar shtabi Abduqodir sport formasini tiklashi bilan o‘ng qanot va markaziy himoyachi sifatida har ikki pozitsiya o‘yinchisi sifatida asosiy tarkibga kirish uchun raqobatga kirishishini kutmoqda.

Agar klub tibbiy xizmati vakillari tomonidan Rodri va Husanovning “Everton” bilan bo‘ladigan uchrashuvda ishtirok eta olmasligi tasdiqlansa, Xosep Gvardiola taktik sxemalarni yangilagan holda tarkibda yana o‘zgarishlar qilishiga to‘g‘ri keladi, - deb yozmoqda cityxtra.co.uk sayti jurnalisti Freddi Pay.

Manchesterliklar faoliyatini yaritib kelayotgan yana bir manba – esteemedkompany.com  sayti ekspertlari ham jamoadagi vaziyatga baho berdi.

-  Xalqaro tanafftssdan keyin “MAnchester Siti” ham Angliya Premer-ligasi o‘yinlariga qaytmoqda. Xosep Gvardiola shogirdlari dastlabki mashg‘ulotlarni o‘tkazdi. Bu jarayonda yaxshi xabarlar ham, kutilmagan vaziyatlar ham borligi ma’lum bo‘ldi.

Mashg‘ulotlarda ko‘pchilikning e’tibori xalqaro tanaffusdan oldin ham jarohatda bo‘lgan  to‘rt nafar etakchi – Rayan Ayt-Nuri, Umar Marmush, Rodri v Abduqodir Husanovga qaratildi. Ulardan ikki nafari, ya’ni  Rayan va Umar umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi.

Rodri va Abduqodir jamoa bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda qatnashmadi va bu esa, ularning “Everton” bilan bo‘ladigan uchrashuvda ishtirok etmasligi ehtimoli yuqori ekanidan dalolat beradi.

Ayni paytda Umar Marmush va Rayan Ayt-Nuri “Everton”ga qarshi maydonga tushishga tayyor. Rodri va Husanov esa, jismoniy holatini tiklash uchun yana ma’lum muddat individual tarzda shug‘ullanishi talab etiladi.

Nima bo‘lgan taqdirda ham, jamoadagi vaziyat va jarohatlangan o‘yinchilar haqidagi so‘nggi ma’lumotlarni Xosep Gvardiola berishi kutilmoqda, - deb yozdi  esteemedkompany.com  sayti jurnalisti Adam Marrett.

 

Husanov ham “Siti” top-reytingga kirishiga hissa qo‘shdi

O‘zbek futbolchilariga uch kunda ikki marta yutqazgan terma jamoa murabbiyi iste’foga chiqdi

Tezkor: Husanov qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi!

O‘zbekistonga qarshi saf tortadigan Urugvay nimasi bilan kuchli?

Husanov mashhur futbolchining mundialga yo‘lini to‘sib qo‘ydi

“Manchester Siti”ning Husanov bo‘yicha yakuniy qarori ma’lum bo‘ldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rustam Ro‘ziyev
17/10/2025 09:19
Сайтни номини www.husanov.uz деб ўзгартириб қўя қолинглар. Уч йил олдин Шомуродов, сал кегин Файзуллаев мана энди Ҳусановни ўсирганигача ёзяпсизлар. Сал изланиб бошқа футболчиларимиз ҳақидаям ёзинглар. Германия, Англия ва яна бир нечта давлатни пастки лигаларида ўйнаётган футболчилар бор, бир вақтлар юлдуз футболчилар бўлган, футъолни ташлаган собиқ футболчилар бор. Жуда бўлмаса таҳлилий мақолалар ёзинглар. Сайтгакирса Ҳусановдан бошқа ҳабар йўқдек чайналяпсизлар, бўлдида энди.