Katanetsning 3 nafar yordamchi murabbiyidan O‘FA qarzdor ekani ma’lum bo‘ldi

  • 17 oktabr, 14:27
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanetsning uch nafar yordamchi murabbiyi federatsiyaning taxminan 350 ming evro qarzdorlik borligi sababli ular FIFA nizolarni hal qilish palatasiga murojaat qilishmoqchi. Bu haqda "AZIYa-SPORT" nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, murabbiylarning shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qilgan, ammo Fabio Kannavaro murabbiylar shtabi ish boshlagach, ular jamoadan chetlashtirilgan. Ularga yoshlar terma jamoalari bilan ishlash taklif qilingan, ammo rad javob berishgan, chunki ular milliy jamoa bilan bir necha yil ishlab, O‘zbekistonning Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda hissa qo‘shgan.

Hozircha kim sudga murojaat qilishi aniq emas. Jamoada jami olti yordamchi murabbiydan beshtasi Sloveniya fuqaroligiga ega edi:

Alesh Chex va Vlado Radmanovich — Katanetsning yordamchilari,
Martin Magister — futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi uchun mas’ul,
Nixad Peykovich — darvozabonlar bilan ishlagan,
Ian Katanets — fizioterapevt.

Ba’zi murabbiylarga kompensatsiya to‘langan, ba’zilarga esa yo‘q. Shu holda O‘FA yana taxminan 350 000 evro qarzdor ekani ma’lum qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!