"Ashurmatovning maydonga qaytgani "Istiqlol" muxlislarining qalbiga tinchlik va ishonchni qaytardi" - Eronda legionerimiz haqida yaxshi gaplar bo‘lyapti

  • 18 oktabr, 10:52
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha Tehronning "Istiqlol" jamoasi Eron Pro-ligasi 7-turi doirasida "Rafsanjon" bilan o‘ynadi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Legionerimiz Rustam Ashurmatov to‘liq o‘yin o‘tkazdi. 

Tecno

Eronning yirik nashrlaridan biri Ashurmatov haqida quyidagi maqolani chop etdi.

"O‘zbekistonlik  himoyachi jamoada bo‘lgan qisqa vaqt ichida “ko‘klar”ning himoyaviy chizig‘idagi asosiy qismiga aylanib ulgurdi. Atigi ikki o‘yinda maydonga tushgan himoyachi, to‘g‘ri pozitsiya tanlash, so‘nggi daqiqalarda diqqatini jamlashi, maydonda jamoadoshlarini oldinga olib chiqqani uni “Istiqlol”ning ishonchli figuralaridan biriga aylantirdi.

"Rafsanjon"ga qarshi o‘yinda Ashurmatov jamoaviy o‘yin va Eron futboli muhitini yaxshi tushunishini yana bir bor ko‘rsatdi. Havodagi duellar va yakkama-yakka vaziyatlarda u raqib hujumchilariga umuman imkon bermadi, ko‘p vaziyatlarda dastlabki pressing qilib, to‘pni jamoasi uchun yutib berdi.

Rustam himoyadagi rolidan tashqari to‘psiz daqiqalarda ham aqlli harakat qildi. Bir necha marta o‘z vaqtida "Rafsanjon"ning xavfli qarshi hujumlarini to‘xtatdi. Bunday qarorlar futbolchining tajribasi va aqliy etukligini ko‘rsatadi.

Ashurmatov himoyadagi bexato o‘yinidan tashqari, hujumga ham o‘tib, gol urishga ham yaqin keldi. Ikkinchi bo‘limda uning burchak to‘pidan boshi bilan yo‘llagan zarbasi darvoza chizig‘ini kesib o‘tishga oz qoldi. Biroq bunga Mirzazodning tezkor reaktsiyasi yo‘q qo‘ymadi. 

O‘zbekistonlik himoyachi "Istiqlol"ning asosiy tarkibiga kirishi nafaqat himoyani kuchaytirdi, balki boshqa himoyachilarning ham o‘yiniga ta’sir qildi. Himoya chizig‘idagi koordinatsiyaning kuchayishi, qamrovga ko‘proq e’tibor qaratilishi va individual xatolarning kamaygani – bularning barchasi "Istiqlol"ning mudofaa muvozanatiga qaytganidan dalolatdir.

Jamoaning himoya bosqichida ba’zi taktik zaifliklar hamon ko‘rinib tursa-da, "Rafsanjon"ga qarshi o‘yindagi g‘alaba bo‘lajak o‘yinlarda ushbu tuzilmani bosqichma-bosqich yaxshilashga zamin yaratishi mumkin.
Umuman olganda, Ashurmatov shu qisqa vaqt ichida "ko‘klar"ning himoya chizig‘ida ishonchli qo‘rg‘oni va salohiyatli etakchi obrazini taqdim eta oldi. Uning maydonga qaytgani "Istiqlol" muxlislarining qalbiga tinchlik va ishonchni qaytardi", -
deya yoziladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, "Istiqlol" navbatdagi uchrashuvni "Al-Vehdat"ga qarshi o‘tkazadi.
 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!