
Ronaldu 1000 ta golni qachon uradi?
Jahon futbolida rasmiy uchrashuvlarda raqiblar darvozasiga eng ko‘p to‘p kiritgan Krishtianu Ronaldu 1000 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylanishi kutilmoqda.
Sky Sports nashri ekspertlari “An-Nasr” va Portugaliya milliy terma jamoasining 40 yoshli hujumchisi minginchi golini qachon nishonlashi mumkinligini hisoblab chiqdi. Bunda mutaxassislar Ronalduning klub va terma jamoada urayotgan gollari intensivligini asos qilib oldi.
Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi jahon chempionatining saralash turniri doirasida Vengriya bilan bo‘lgan uchrashuvda Vengriya darvozasiga ikkita to‘p kiritib, professional faoliyatidagi gollari sonini 948 taga etkazib oldi.
Ekspertlarning hisob-kitobiga ko‘ra, Ronaldu shu tempda gol urishni davom ettirsa, 2026 yilning oktyabr oyiga borib, hisobida kiritilgan to‘plar sonini 1000 taga etkazib oladi. Keyingi mavsum oxirigacha, Krishtianu umumun gollarini 1008 taga etkazishi mumkin.
Fikrlar