
O‘FA Katanetsning yordamchilari bilan bog‘liq masala yuzasidan rasmiy bayonot berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan O‘FAning rasmiy munosabati
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 2025 yil 17 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq murabbiylar shtabi a’zolari bo‘yicha e’lon qilingan maqolada keltirilgan ma’lumotlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
"O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi yordamchi murabbiylarining mehnat shartnomalarida belgilangan “bosh murabbiyning mehnat shartnomasi bekor bo‘lganda yordamchi murabbiylarning ham shartnomasi bir vaqtning o‘zida bekor bo‘lishi” optsiyasi ishga tushganligi bois, ular bilan shartnomalar bir tomonlama avtomatik tarzda bekor qilingan va bu haqda ularga ma’lum qilingan.
Sobiq bosh murabbiy shartnomasining tomonlar roziligi bilan bekor qilinishi va jamoaga yangi murabbiylar shtabi kelishi sobiq murabbiylar shtabi a’zolarining shartnomalari ham bekor bo‘lishiga olib kelgan.
Terma jamoa sobiq bosh murabbiyi yordamchi murabbiylarining mehnat shartnomalariga kiritilgan ushbu bandlar FIFA va Sport arbitraj sudi yurisprudentsiyasida normal amaliyot sifatida qabul qilinadi.
Avvalroq, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tegishli bandlarga asosan shartnomalari bekor qilingan murabbiylar shtabi a’zolariga boshqa yosh toifasidagi terma jamoalarda ishlash bo‘yicha takliflar berilgan edi",— deyiladi bayonotda.
Fikrlar