
O‘zbekistonga qarshi uchrashuvlarda eng ko‘p gol urgan 3 nafar eronlik futbolchi
Xabaringiz bor, bir necha soatdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi "JCh-2026" saralashi doirasida Eron terma jamoasini o‘z maydonida qabul qiladi.
Ta’kidlash kerak, Eron terma jamoaosining O‘zbekistonga qarshi bellashuvlardagi eng yaxshi to‘purlari Sardor Azmun, Mehdi Taremi va Ali Daei hisoblanadi. Ularning har biri "oq bo‘rilar"ga qarshi o‘yinlarda 3 tadan gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, mazkur futbolchilarning ikki nafari (Sardor Azmun va Mehdi Taremi) bugungi bellashuvda maydonga tushishi kutilyapti.
O‘zbekiston - Eron qarama-qarshiligi birozdan so‘ng, aniqrog‘i 19:00 da start oladi
Fikrlar