"O‘zbekistonda ko‘pchilik murabbiylar yoshiga qarashadi, shifokorlar bu oyog‘ing bilan o‘ynay olmaysan deyishardi" - butsalarini mixga ilgan Marat Bikmaev

  • 16 oktabr, 2023, 23:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘sha siz va biz yaxshi bilgan Marat Bikmaev rasman futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi. U 37 yoshida butsalarini mixga ilganini e’lon qildi.

Tecno

“Lokomotiv” safida pro ligada “Yunired”ga qarshi uchrashuv futbolchining faoliyatida oxirgi rasmiy o‘yini bo‘lib qoldi va ushbu bahsda Marat oxirgi golini urdi.

Bikmaev faoliyatini tugatgach, Sports.uz saytiga intervyu berdi.

Maratning faoliyatini yakunlashiga nima sabab bo‘ldi?

- Hech kim tugatishimga sababchi bo‘lmagan, o‘zim sababchiman. Misol uchun yoshi kattalar nega 40 yoshgacha o‘ynashadi? Agar ularda o‘yin amaliyoti ko‘proq bo‘lsa, faoliyatini tugatishini hojati yo‘q. Chunki u raqobatlashyapti, vazifasini bajaryapti. Mana shunday holda faoliyatini hali beri tugatmasa bo‘ladi. O‘zimga kelsak, o‘yin amaliyotim unchalik ko‘p bo‘lmadi. Masalan, bitta uchrashuvda 5 daqiqa o‘ynayman, keyin ikkita o‘yinda o‘ynamayman, so‘ng yana 15 daqiqaga maydonga tushaman. O‘zingizni formada ushlab turish, tiklanish juda qiyin. O‘zbekistonda ko‘pchilik murabbiylar yoshiga qarashadi. Agar har o‘yin hech bo‘lmaganda bir taymdan o‘ynab turganimda va o‘yin amaliyotim ko‘proq bo‘lganida balki tugatish haqida o‘ylamasdim. Yana davom ettiraverardim. Bu birinchi faktor. Ikkinchi faktor baribir yosh o‘tgan sari mayda-chuyda jarohatlar bo‘laveradi. Yoshroq bo‘lganingizda bilinmaydi. Lekin yosh ulg‘aygan sari seziladi. Tezlik oldingidek bo‘lmay qoladi. Jarohatlar ko‘payishi mumkin. Xudoga shukr, bu yil umuman jarohat olmadim. Murabbiyimiz juda mahoratli, hammani butun mavsum davomida tonusda ushlab turdi. Shuning uchun raqobat olmasdan raqbatlashib yurdim.

bikmaev1_1

To‘p surgan klublari orasida o‘zi uchun eng yoqqani qaysi?

- Faoliyatimda yoqmagan jamoa bo‘lmagan. Qaerga borgan bo‘lsam har doim pozitiv vaziyatlarni qidirganman. Hammadan ozgina-ozgina tajriba oshirganman. Kimni qanday ishlashini bilib olganman. To‘g‘ri, hammada ham kamchilik bo‘ladi. Qaysinidir yaxshi yoki yomonga ajratmayman. Barchasi o‘ziga yarasha yaxshi bo‘lgan. Eng yoqqan jamoammi? “Lokomotiv”, albatta! Menda shunaqa vaziyat bo‘lganki, futbolni tugatish yoki davom ettirish varianti bor edi. Chunki 2013 yili jarohat olgandim. Oyog‘imda 4 ta operatsiya bo‘lgan. Shifokorlar bu oyog‘ing bilan o‘ynay olmaysan deyishardi. O‘sha qiyin vaziyatda “Lokomotiv” menga imkoniyat bergan. O‘sha klubda davolandim, bir yildan ko‘proq vaqt davomida tiklandim. Shundan keyin o‘ynab ketdim.

bikmaev

Nomdor jamoalardan ham takliflar bo‘lganmi?

- Menga taniqli klublardan aniq takliflar bo‘lmagan. Bo‘lgan bo‘lsa ham faqat gap-so‘zlar tarqagan. Lekin aniq shartnoma taklif qilinmagan. Menda hech qaysi klub bilan bog‘liq afsuslanish bo‘lmagan.

Qaysi taniqli yulduzlarga qarshi o‘ynagan?

- Songa qarshi o‘ynadim. Rossiya terma jamoasida to‘p surgan Jirkov, Anyukov, Denisov, Arshavin, Erondagi Ali Karimi...O‘zimizni yulduzlar bor. Odil Ahmedov bilan birga terma jamoada to‘p surganmiz. Anzur Ismoilovni ham aytishim mumkin.

bikmaev6

Ushalmagan orzulari

- Ushalmagan orzularda albatta birinchi o‘rinda mundial turibdi. Biz yaqin edik. Lekin nimadir etishmadi. Terma jamoamizga bu yo‘lda omad tilayman va nihoyat O‘zbekiston albatta jahon chempionatiga boradi. Chunki bizda yaxshi imkoniyat bor. Balki keyingi mundialda kvotalar o‘zgarar.

Bikmaevning keyingi rejalari qanday?

- Futbolni butunlay tark etmayman. Futboldan boshqa hayot menga qiziq emas. Bu mening bir qismim. Futbolda qolaman, ammo qanaqa yo‘nalishda ishlashimni bilmayman. Balki futbol strukturasida ishlarman, balki murabbiy bo‘larman. Buni vaqt ko‘rsatadi.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Тулкин Гуломов
17/10/2023 13:55
иккинчи вариант яхши