
O‘zbekiston OTJ a’zosi Shotlandiya klubiga o‘tmoqda (foto)
Shotlandiyaning "Livingston" futbol klubi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi va "Surxon" himoyachisi Dostonbek Tursunovga qiziqish bildirib, ko‘rikdan o‘tish uchun futbolchimizni Shotlandiyaga taklif qildi.
"Livingston" Shotlandiya oliy ligasi vakili bo‘lib, 2022/23 mavsumida jamoa 6-o‘rinni egallagan. Shu jumladan, Shotlandiya chempionatida "Seltik" va "Glazgo Reynjers" kabi grand jamoalar ham ishtirok etadi.
Agar Doston Tursunov ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tsa va futbolchining harakatlari "Livingston" murabbiylarga mos kelsa, Tursunov Shotlandiya chempionatida faoliyatini davom etirish mumkin. Bu bilan birga, tarixda ilk marotaba o‘zbekistonlik futbolchi Shotlandiya chempionatida to‘p tepishi ehtimoli bor.
"Surxon" klubi matbuot xizmati
Fikrlar