
O‘zbekiston kubogi. OKMK "Buxoro" posbonining goli evaziga pley-offdan quruq qoldi, "Mash’al" keyingi bosqichda (guruhdagi holat)
O‘zbekiston kubogi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Aral Akademiya" va OKMK - "Buxoro" uchrashuvlari yakunlandi.
Muborakda kechgan bahsda "Mash’al" o‘ta yirik 8:0 hisobida zafar quchdi. Olmaliqdagi o‘yinda esa mezbonlar 2:1 hisobidagi g‘alabani o‘ziniki qildi.
Shu tariqa, 7 ochkosi bor "Mash’al" va 5 ochko to‘plagan "Buxoro" pley-offga yo‘l oldi. OKMK va "Aral Akademiya" guruhda qolib ketdi.
Fikrlar