O‘zbekiston bosh murabbiyi Indoneziyaga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

  • 7 mart, 2023, 21:42
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Indoneziya uchrashuvida 0:0 hisobi qayd etildi. Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida vakillarimiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"O‘yin muhim edi, albatta. Guruhdan chiqish uchun ochko juda katta ahamiyatga ega edi. Minimum vazifa bajarilganidan mamnunman. 

Indoneziya juda yaxshi himoyalandi. Imkoniyatlardan unumli foydalanishga urindik. Ammo harakatlarimiz naf keltirmadi.

Bu bellashuvda durang uchun maydonga tushmagandik. Asosiy maqsad - g‘alaba edi. Tarkib tanlashdi bir qancha o‘zgarishlarga qo‘l urdik. Ba’zi yigitlarga jismoniy tomonlama, yana ayrimlariga kartochkalar bo‘yicha muammolar bo‘lgani sabab dam berishga qaror qildik.

O‘yinchilarni har taraflama ijobiy holatda ushlab turishimiz lozim. Jahon chempionati yo‘llanmasini beradigan bu turnirda kichik xatolar ham kechirilmaydi.

Indoneziya futbolchilari uzoqdan zarba berishga imkon berishmadi. Ular yaxshi himoyalandi va ko‘plab futbolchilarimizning kuchli zarbalariga raqib himoyachilari to‘g‘ri "blok" qo‘ya oldi. 

Beshta himoyachi bilan o‘ynash taktikasi aslida chalg‘ituvchi bo‘ldi. Biz o‘yinda 3-4-3 taktikasi ostida to‘p tepdik. Ko‘rinib turibdiki, raqib murabbiyi ham bu bahsga etarlicha tayyorgarlik ko‘rdik. Himoyada ko‘p mehnat qildik, deya olmayman. Asosiy vaqtimiz hujumda o‘tdi. Shu sabab 5 ta himoyachi emas, qanotdagi futbolchilarni yarim himoyachiga aylanganini ta’kidlay olaman.

Avstraliyaning uchrashuvlarini kuzatib boryapmiz. Har bir bellashuv tahlil qilinmoqda. Ularda ajoyib shakllangan jamoa bor. Bizni yana bir qiyin uchrashuv kutib turibdi", - dedi murabbiyimiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!