
O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvini kim sharhlashi ma’lum
Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Ushbu o‘yin "Sport" telekanalida jonli efirda namoyish etiladi. Uchrashuv sharhlovchisi ovoz berish jarayoni orqali aniqlandi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Murod Rizaev eng ko‘p ovoz to‘pladi (1104) va bugungi bellashuvni sharhlaydigan bo‘ldi.
Undan keyin Bobur Akmalov 888, Farruh Rasulov 52 ta ovoz to‘plashgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘yin 17:00da boshlandi.
Fikrlar