
Osiyo Kubogi oldidan terma jamoamiz 6-8 iyun kunlari 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Tailandda bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogiga ham sanoqli kunlar qoldi. Musobaqada munosib ishtirok etish maqsadida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi so‘nggi yig‘inini o‘tkazish uchun Malayziyaga yo‘l olgandi.
Qit’a birinchiligiga Jamoliddin Rahmatullaev 23 futbolchini jalb qildi. Musobaqa oldidan hamyurtlarimiz 6-8 iyun kunlari Malayziyaga qarshi ikkita xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogi guruh bosqichida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Yaponiya, Hindiston va Vetnam bilan kuch sinashadi.
Fikrlar