
O‘runovning goli jamoasi g‘alabasi uchun etarli bo‘lmadi
FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, ba’zi klublar o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazmoqda. Oston O‘runov harakat qilayotgan "Ufa" jamoasi ham TsSKAga qarshi maydonga tushdi.
Legionerimiz 58-daqiqada raqib darvozaboni yo‘l qo‘ygan qo‘pol xatodan keyin hisobni ochdi. Bunga moskvaliklar Fyodor Chalov va Alan Zagoevning gollari evaziga javob qaytardi. Chalovdan dubl.
Ma’lumot uchun, Oston terma jamoa yig‘iniga jalb etilmagan edi.
Fikrlar