O‘FFda Superliga klublari stadionlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

  • 25 dekabr, 2017, 17:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi anjumanlar zalida Superligada ishtirok etadigan klublar stadionlari direktorlari va rahbarlari ishtirokida majlis bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda Superliga klublari stadionlariga qo‘yilgan talablarni bajarish yuzasidan fikr almashildi. Majlisni O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi Bosh direktori Omon G‘ofurov ochib berdi va Superliga klublari stadionlariga qo‘yilgan talablar, kamchiliklar va bir qator muammolar haqida o‘z fkirini bildirdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan O‘zPFL Bosh direktori o‘rinbosari Mirsardor Alimov stadionlar bo‘yicha talablar bajarilishi qattiq nazoratga olinganini ta’kidladi. “Yangi mavsumda Superligada ishtirok etadigan klublar stadionlari talablarga javob berishi uchun barcha kamchilikilar bartaraf etilishi kerak. Endilikda, stadionlardagi sharoit va kamchiliklar uchun klub javob beradi.

Ayni damda, faqat sanoqli stadionlar OFK talablariga javob beradi. Ko‘pchilik stadionlarda vaziyat yaxshi emas. Stadionlarda yoritgichlar, tablo va chim borasida muammolar bor”, - deydi O‘zPFL Bosh direktori o‘rinbosari.

Stadionlar rahbarlari ham, bu borada yangi mavsumda barcha ishlar bajarilishi, kamchiliklar bartaraf etilishi borasida ishlar ketayotganligini ta’kidlashdi. Yig‘ilishda, shuningdek, bir nechta boshqa muammolar ham muhokama qilindi. Stadionlar direktorlari chiptalar sotuvi borasida klub va stadion yangi tizimni ishga tushirishi, turniket va boshqa texnologiyalarni qo‘llashi borasida fikr almashishdi.

Ushbu yig‘ilishdan so‘ng ishtirokchilar “Paxtakor” hamda “Bunyodkor” stadionlariga tashrif buyurib, mazkur stadionlardagi infratuzilma va sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!