
OChL. Erkinov va Cheranning benefisiga aylanib ketgan bahsda "Paxtakor" guruh peshqadami "Al-Ayn"ni mag‘lub etdi
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 5-turidan o‘rin olgan "Al-Ayn" - "Paxtakor" uchrashuvi yakuniga etdi. Quvonarlisi, unda hamyurtlarimiz 3:1 hisobida zafar quchdi.
Vakillarimiz safida gollarga Hojimat Erkinov (dubl) va Dragan Cheran mualliflik qildi. Shuningdek, Cheran o‘z nomiga 2 ta assist ham yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Paxtakor" ochkolari sonini 7 taga etkazib oldi va guruhda 2-o‘rinni band etib turibdi. "Al-Ayn" hisobida esa 12 ochko mavjud va ular 1-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar