Nima uchun Isroil Madrimov, Iqboljon Xoldorov va Saidjamshid Jafarov Olimpiadada ishtirok eta olmaydi?

  • 4 iyul, 2021, 18:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Olimpiya o‘yinlari start olishiga ham oz muddat qolmoqda. Tabiiyki, O‘zbekiston boks terma jamoasi a’zolaridan ham yuqori probali medallar kutilmoqda. Ular quyidagi tarkib bilan ishtirok etadi:

Tecno

-52 kg: Shahobiddin Zoirov

-56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov

-63 kg: Elnur Abduraimov

-69 kg: Bobousmon Boturov

-75 kg: Fanat Qahramonov

-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov

-91 kg: Sanjar Tursunov

+91 kg: Bahodir Jalolov

photo_2021-07-04_18-00-48 (2)

Ko‘pchilikda "Nima uchun Iqboljon Xoldorov, Isroil Madrimov yoki Saidjamshid Ja’farov Olimpiadada ishtirok eta olmaydi?" degan savol tug‘ilishi tabiiy hol.

Buning sababi, ular Olimpiadaga yo‘llanma beruvchi litsenzion turnirga bormagan. Boshqacha aytganda, ular tarkibda tanlanmagan.

-63 kg vaznda bu turnirga borish uchun Elnur Abduraimov va Iqboljon Xoldorov, -69 kg vaznda Bobousmon Boturov va Shahram G‘iyosov o‘rtasida sparring janglari bo‘lib o‘tgan. Bu janglardan so‘ng, Elnur Abduraimov va Bobousmon Boturov asosiy tarkibda musobaqada ishtirok etadigan bo‘ldi. 2020 yil mart oyida Iordaniyada bo‘lib o‘tgan litsenziya beruvchi kvalifikatsion turnirda ikkala bokschi ham yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Abduraimov o‘z vaznida finalga qadar etib borib, qozog‘istonlik Zakir Sayfulinni mag‘lub etgan holda chempion bo‘ldi, Bobousmon Boturuv yarim finalda mezbonlar vakili Zeyad Eshaishga imkoniyatni boy berib, bronza medal bilan kifoyalandi. 

photo_2020-03-12_01-59-13

-75 kg vaznda Fanat Qahramonovning borishi ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Lekin bu erda shunday vaziyat bo‘ldiki, u har qanday holatda Olimpiadaga borishga majbur. Aks holda bizda -75 kgda hech kim ishtirok etmaydi. Aslida turnir oldidan bu vaznda Bektemir Meliqo‘ziev terma jamoaga jalb qilingan edi. Terma jamoaning birinchi va ikkinchi raqamli a’zolari Iordaniyaga bir necha kun oldin borib, mashg‘ulotlarni u erda davom ettirdi.  Lekin musobaqaga 3 kun muddat qolganda Meliqo‘ziev bilan bog‘liq doping muammosi echilmagani sabab, u musobaqada ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. Fanat Qahramonov esa Istanbuldan O‘zbekistonga qaytayotgan yo‘lidan qaytarib chaqirib olingan. Qahramonov turnirda chorak finalga qadar borib qozog‘istonlik Abilxan Amankulga mag‘lub bo‘ldi. Keyinchalik joriy yilning may oyida Frantsiyada yakuniy jahon kvalifikatsion turniri bo‘lishi va bizdan -75 kg vaznda boshqa bokschiga imkoniyat berilishi ko‘zlangandi. Ammo bu musobaqa pandemiya sababli bekor qilingach, BTF reytingi bo‘yicha yo‘llanma beriladigan bo‘ldi. U vaqtda Ja’farov hali katta musobaqada natija qilmagan, Madrimov esa havaskordan ketib, professional boksda faoliyat olib borayotgan edi va tabiiyki, ularda etarlicha reyting ochkolari ham yo‘q bo‘lgan.

Shunday qilib, Osiyo mintaqasi bo‘yicha -75 kgda Fanat Qahramonov va -81 kgda Dilshodbek Ro‘zmetov yo‘llanmaga ega chiqdi.  Qahramonovning o‘rniga boshqa biron bokschini olib ketish mumkin emas. Litsenziya aynan Qahramonov nomiga berilgan. Yoki u boradi, yoki hech kim. Biz esa barcha bokschilarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Jalol Axmedov tayyorladi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
05/07/2021 14:32
Боксчиларимизга омад! Хакикий узбек углонлари мана шулар! Футболчиларимиз эса узбек латталари!
&
Эшалиев Шавкат
04/07/2021 19:17
Қаҳрамонов ва барча олимпиячиларимизга омад тилаймиз, уларга ишонамиз.