"Neftchi" jiddiy yo‘qotishga uchradi

  • 15 yanvar, 2023, 09:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyaning Antalya shahrida tayyorgarlik olib borayotgan "Neftchi"ning etakchi futbolchisi va jamoa sardori Lutfulla To‘raev kecha navbatdagi mashg‘ulotlar jarayonida jarrohatga uchrab, shifoxonaga yotqizildi.

Tecno

Bugun Stambul shahrida malakali mutaxassislarning qo‘ygan tashxisiga ko‘ra, axill paylariga shikast etkazilgani aniqlandi va futbolchi malakali shifokorlar yordamida muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.

Bugundan boshlab Lutfulla To‘raev reabilitatsiya (tiklanish)ga kirishadi. Mutaxassislarning fikricha, reabilitatsiya jarayoni taxminan 3-4 oy davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!