"Navbahor" klubi "Qizilqum" bosh murabbiyi Hamidjon Aktamovning fikrlariga raddiya bildirdi

  • 3 may, 2021, 16:55
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

2 may kuni Sports.uz saytida Hamidjon Aktamov bilan uyushtirilgan qisqa intervyu e’lon qilinib, unda jumladan, “Navbahor” bilan bellashuvni Namanganda o‘tkazib, ikkinchi davrada Navoiyda o‘yin o‘tkazilishi ham mumkin edimi?” deya berilgan savolga “Qizilqum” bosh murabbiyi “Ha, mumkin edi. Biz bu haqida “Navbahor”ga taklif bilan chiqqandik. Lekin ular nimagadir javob bermadi”, deya javob qaytargan.

Tecno

Vaholanki, ushbu masalada “Navbahor” PFK manziliga “Qizilqum” klubi tomonidan hech qanday rasmiy murojaat kelib tushmagandi. Aks holda, “Navbahor” PFK bunga tegishli tartibda javob qaytarardi, deya ma’lum qildi "Navbahor" klubi matbuot xizmati.

- Ta’kidlash joizki, “Navbahor” PFK mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan har bir futbol klubi bilan o‘rnatilgan yaqin munosabatlarni yuksak qadrlaydi, klublarda yo‘lga qo‘yilayotgan ijobiy o‘zgarishlarni doimo qo‘llab-quvvatlaydi. Navoiydagi stadion chimi ta’mirlanishi, uning talab darajasida bo‘lishi nafaqat “Qizilqum”, balki boshqa barcha jamoalar uchun ham ayni muddao, qolaversa, bu butun o‘zbek futboli rivoji uchun ham xizmat qiladi. Zero, har bir jamoa sifatli maydonda o‘yin o‘tkazishni ma’qul ko‘radi.

Bugungi kunda mamlakatimizdagi ko‘plab stadionlarga jahon talablariga mos zamonaviy chim yotqizilib, maydon ko‘rkam va sifatli ko‘rinish olayotgani quvonarli, albatta. Ta’mirlash jarayonida futbol uchrashuvlarini boshqa maydonga ko‘chirish zarurati tug‘ilishi ham tabiiy hol. Shunday ekan, ayni vaziyat vujudga kelib, futbol uchrashuvlarini Namanganda o‘tkazishga ehtiyoj paydo bo‘lsa, “Navbahor” PFK rahbariyati bu boradagi har qanday takliflarni o‘rganib, ularga javob berishga tayyorligini bildiramiz, - deyiladi klub xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akbarali Abdunazarov
03/05/2021 17:33
Хатни интернетдан ташлаган, олдингми йукми хеч ким сурамаган булса керак, электрон почтани хеч ким очмаган ассалом!еки умуман жунатилмаган!
Akbarali Abdunazarov
03/05/2021 17:32
Хатни интернетдан ташлаган, олдингми йукми хеч ким сурамаган булса керак, электрон почтани хеч ким очмаган ассалом!