
MYuda tozalash ishlari boshlanib ketdi
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyatdagi o‘zgarishlarni e’lon qildi.
Vaqtinchalik ijrochi direktor Patrik Styuart va bosh moliya direktori Kliff Beti mavsum oxirida "qizil iblislar" safini tark etishga qaror qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Jan-Klod Blan 13 iyul kuni Omar Berrada ishga kelgunga qadar bosh direktor lavozimida ishlaydi. Beti o‘rnini esa Rojer Bell egallaydi.
Qayd etish lozim, o‘tgan yili 24 dekabrda Jim Retkliff "qizil iblislar"ning 25 foiz aktsiyasini sotib olgach, klub tizimida va tarkibda bir qator o‘zgarishlar bo‘lishi kutilayotgandi.
Fikrlar