
Mourino “Manchester Yunayted” hujumchisi transferini barbod qildi
“Manchester Yunayted” bilan xayrlashgan Meyson Grinvud o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda. Angliyalik futbolchiga Italiya A Seriyasidan yaxshi variant chiqqan edi.
“Roma” mohir hujumchi qidirayotganidan xabardor agentlar angliyalik forvardni “bo‘rilar”ga tavsiya qilgandi.
Biroq, “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino bu transferga keskin qarshi chiqdi. U zo‘ravonlikda ayblanib, keyinchalik oqlangan Grinvudni jamoaga yaqinlashtirishni istamadi.
Tergov ishlarida Grinvudning aybi isbotlanmagan bo‘lsa-da, “Manchester Yunayted” rahbariyati ichki tekshiruv o‘tkazib, yaqinda o‘z tarbiyalanuvchisi bilan hamkorlik qilmasligini ta’kidladi.
Fikrlar