
Mesut O‘zil Gollivud yulduzlari bilan hamkorlik qilmoqchi
Mavsumni "Fenerbaxche"da davom ettirayotgan germaniyalik yarim himoyachi Mesut O‘zil Meksikaning "Nekaksa" klubi xo‘jayinidan biriga aylanishi mumkin. The Sun nashri tarqatgan xabarga qaraganda, O‘zil Gollivud yulduzlari Eva Longoriya va Keyt Upton bilan birlashib, klubning 50 foiz aktsiyalarini qo‘lga kiritmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, "Nekaksa" Meksikaning uch karra chempioni hisoblanadi. Ammo jamoa bu mavsum muvaffaqiyatsiz o‘yin ko‘rsatyapti. Hozircha jamoa Meksika chempionatining so‘nggi pog‘onasida bormoqda.
32 yoshli O‘zil "Fenerbaxche" safiga joriy yilning yanvarida "Arsenal"dan erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan edi. U hozircha turk klubida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Futbolchilar o‘rtasida klub sotib olish odat tusiga kirib bormoqda. Masalan, angliyalik mashhur futbolchi Devid Bekxem AQShning “Inter Mayami” klubi xo‘jayini hisoblanadi. Braziliyalik Ronaldo esa La Ligada ishtirok etuvchi “Rayo Valekano” klubi aktsiyalarini sotib olgan.
Fikrlar