Men jamoamga bu o‘yinchini umuman olmayman!

  • 9 yanvar, 2022, 21:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta qishki transferlar vaqtida yangi o‘yinchilar taklif etilishini ma’lum qildi. Biroq, ispaniyalik murabbiy 2008-2018 yillarda “kanonirlar” safida porlagan Jek Uilsherni olmasligini ochiq aytdi.

Tecno

“Arsenal” birinchi o‘rinda hujumchi masalasini hal qilishi kerak. Per-Emerik Obameyang bilan munosabat buzilgan va u ketmoqchi. Aleksandr Lyakazett va Eddi Nketianing ham London klubidagi kelajagi mavhum.

Bundan tashqari, yarim himoyachilar Muhammad Al-Nanni va Tomas Partey Afrika Millatlari kubogida qatnashish uchun ketgan. Eynsli Meytlend-Nayls “Roma”ga o‘tdi.

Shunga qaramay, Mikel Arteta bir necha haftadan beri “Arsenal” mashg‘ulotlarida qatnashayotgan Jek Uilsherga shartnoma taklif qilinmasligini uqtirmoqda.

- Men Jek Uilsher masalasida aniq fikrimni aytdim. Bizga o‘yinchi etishmayotgani rost. O‘zimizga kerak bo‘lganlarini olamiz xolos, - dedi Mikel Arteta.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!