
Mbappe mashhur futbolchini “Real”ga o‘tishga ko‘ndiryapti
“Real” etakchisi Kilian Mbappe jamoaga nafaqat maydonda, balki transfer bozorida ham yordam berishga tayyor ekanini namoyish qilyapti.
Transfer News Live va Defensa Central kabi nashrlarning yozishicha, 26 yoshli hujumchi Frantsiya middiy terma jamoasidagi do‘stini Madridga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishga urinmoqda. Gap “Liverpul” bilan shartnomasi yakunlanib borayotgan Ibrohim Konate haqida ketyapti.
Kilian bu transferda vositachalik qilishga tayyor. Mbappe Konate ham “Real”ga o‘tishga moyil, deb hisoblamoqda. Agar klub unga taklif bilan chiqadigan bo‘lsa, Mbappe ishni oxiriga etkazib qo‘yadi.
Kelasi yilning 30 iyun kuni Konatening “Liverpul” bilan shartnomasi tugaydi. Frantsiyalik markaziy himoyachi yangi bitimni qabul qilmadi.
Konate atrofidagi vaziyatni kuzatib borayotgan bir necha grand klublar uni erkin agent maqomida bepul o‘z safiga qo‘shib olishni mo‘ljallagan.
Fikrlar