
Masharipov jamoasi uchun jiddiy sinovlar boshlanmoqda (Foto)
Bugun Osiyo chepmonlar ligasi guruh bosqichi 5-turi doirasida Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Shabab Al-Ahli" klubi Tojikistonning "Istiqlol" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Mahdi Ali boshchiligidagi dubayliklar bugungi o‘yin oldidan rasmiy mashg‘ulot o‘tkazdi. Unda Masharipov va OChL qaydnomasidan o‘rin olmagan Odil Hamrobekov ham ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, tomonlarning birinchi to‘qnashuvida "Shabab Al-Ahli" 0:0 hisobida durang o‘ynagan edi. Mazkur o‘yinda Jaloliddin diskvalifikatsiya sababli jamoasiga yordam bera olmagandi.
Fikrlar