"Manchester Siti" muxlislari uchun noxush xabar

  • 29 dekabr, 2020, 15:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" koronavirusning yangi o‘chog‘iga aylandi va shu bois, Angliya Premer-ligasi 16-turidan o‘rin olgan "Everton"ga qarshi o‘yin qoldirildi. "The Atletic" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "shaharliklar"ning yana uch nafar futbolchisi topshirgan testi musbat ko‘rsatkich qayd etgan.

Tecno

Shanba kuni esa, klub Gabriel Jezus va Kayl Uoker hamda ikki nafar xodimning COVID-19 yuqtirib olganini ma’lum qilgan edi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, PZR testi yakshanba kuni olingan va natijalar dushanba kuni ertalab e’lon qilingan. Shundan so‘ng, "Manchester Siti" mutasaddilari "Everton" va APL vakillari bilan uchrashgan va "Everton" jamoasida ham virus tarqalishining oldini olish uchun uchrashuvni keyinga qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Shu tariqa, manchesterliklarning APL doirasida "Chelsi" (3 yanvar) va "Manchester Yunayted" ga qarshi Liga kubogi yarim finalidagi o‘yini (6 yanvar) qoldirilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!