
"Manchester Siti" klubida 4 ta koronavirus holati aniqlandi
"Manchester Siti" klubining ikki futbolchisida koronavirus aniqlandi. Bu haqida klub rasmiy sayti ma’lum qildi.
Qanot himoyachisi Kayl Uoker hamda hujumchi Gabriel Jezus ushbu infektsiyani yuqtirib olganligi haqida ma’lumot berildi. Futbolchilardan tashqari, jamoaning yana ikki nafar xodimida virus aniqlangan. Endi ular yaqin kunlarni izolyatsiyada o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi.
"Shaharliklar" 13 o‘yinda 23 ochko to‘plagan holda, APL turnir jadvalida 8-o‘rinni band etgan. Keyingi uchrashuvni ular "Nyukasl"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar