Maguayr, Keyn hamda Meddisonning holati haqida xabar berildi

  • 22 noyabr, 2022, 20:10
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya – Eron uchrashuvida Xarri Maguayr va Harri Keynlar jarohat olib, majburiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu vaziyat ingliz muxlislarining havotiriga sabab bo‘ldi. Ammo ikki futbolchi bugungi mashg‘ulotlarda qatnashgan va katta ehtimol bilan jarohati jiddiy emas.

Tecno

Jeyms Meddison esa hali ham jamoa bilan mashg‘ulotlarda qatnashmayapti. U “Lester Siti” - ”Vest Hem” uchrashuvida jarohat olgandi. Qatardagi Mundial yarim himoyachi uchun birinchisi hisoblanadi. Bundan tashqri Kallum Uilson ham bugun mashg‘ulotlarda qatnashmagi haqida xabarlar bor.

Sautgeyt shogirdlari 26 noyabr kuni AQShga qarshi maydonga tushishi kerak. Ularning raqibi 1-turda Uels bilan durrang o‘ynadi. Bu “uch sherlar”ga guruhdan birinchi o‘rinda chiqish imkonini berishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!