
Madridliklar futbolchisi Messining nomini tarixdan o‘chirdi
Ispaniya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan “Espanol” va “Atletik” o‘rtasidagi bellashuv madridliklar futbolchisi Antuan Grizmann uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi.
O‘yin 1:1 hisobida yakunlandi va frantsiyalik hujumchi uchrashuvda to‘liq harakat qildi.
Bu bahs Antuan Grizmann uchun Ispaniya chempionatidagi 521-o‘yin bo‘ldi va bu ko‘rsatkich yangi rekord sifatida qayd etildi. Ayni paytda Grizmann La Ligada eng ko‘p maydonga tushgan xorijlik futbolchi hisoblanadi. Uning har bir yangi uchrashuvi rekordni oshirib boraveradi.
Legioner futbolchilarning avvalgi rekordi “Barselona” afsonasi Lionel Messiga tegishli edi. Argentinalik yulduz kataloniyaliklar safida Ispaniya chempionatida 520 ta o‘yin o‘tkazgan.
Umumiy hisobda La Ligada eng ko‘p maydonga tushgan rekordchi darvozabon Andoni Subisarreta hisobladi. U o‘z davrida chempionatning 622 ta uchrashuvida ishtirok etgan.
Fikrlar