
Legionerimiz to‘p tepayotgan klub "Paxtakor" bilan o‘ynaydi
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Paxtakor" Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.
Shuningdek, Oston O‘runov harakat qilayotgan "Ufa" klubi ham aynan shu davlatda mavsumning qolgan qismiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Rus klubi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, jamoalar o‘zaro nazorat o‘yinida maydonga tushadi. Bahs 10 fevral kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar