Legionerimiz qadrdon ustozi ko‘z o‘ngida gol urdi

  • 2 iyun, 2024, 22:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston Premer-ligasining 10-tur uchrashuvi ushbu chempionatda qatnashayotgan o‘zbekitonlik futbolchilar uchun omadli keldi. Ligada o‘ynayotgan to‘rt nafar hamyurtimizdan uchtasi o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Tecno

Amaldagi chempion – “Ordabasi”ning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turgan Jasurbek Yaxshiboev Chimkentda “Chetisu” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda uzoq masofadan aniq zarba yo‘llab, chempionatdagi to‘rtinchi golini kiritdi.

Bu bahsda chimkentliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozondi va chempionlik unvonini saqlab qolish uchun kurashni davom ettirmoqda.

“Qaysar” jamoasidan qo‘nim topib, qo‘shni mamlakat chempionatida debyut mavsumini o‘tkazayotgan tajribali hujumchimiz Shohnazar Norbekov tur qahramonlaridan bo‘ldi. Uning jamoasi safarda mashhur klublardan “Tobol” mehmoni bo‘ldi.

Bellashuvning 80-daqiqasida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan legionerimiz to‘xtalishlar qo‘shib berilgan vaqtning ikkinchi daqiqasida mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Bu 29 yoshli hujumchimizning mavsumdagi dastlabki goli bo‘ldi.

Qozog‘iston Premer-ligasining 10-turida ko‘pchilik muxlisu mutaxassislar e’tiborini qozongan uchrashuv “Qayrat” va “Shaxtyor” o‘yini bo‘ldi. Shu kuni rossiyalik mashhur murabbiy Aleksandr Kerjakov “Qayrat” bosh murabbiyi sifatida debyut o‘yinini o‘tkazdi.

Gollar boy belgan bahs mezbonlarning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiborlisi, “Qayrat” tarkibida to‘p tepayotgan himoyachimiz Ibrohimxalil Yo‘ldoshev jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Bu hamyurtimizning chempionatdagi birinchi, lekin Qozog‘istondagi ikkinchi goli. Mbrohimxalil yaqinda Liga kubogi doirasida o‘tkazilgan bahsda ham raqib darvozasini ishg‘ol qilgandi.

23 yoshli futbolchimiz aslida Rossiyaning “Nijniy Novgorod” jamoasiga tegishli. Ilgari Ibrohimxalil Yo‘ldoshev  Rossiya Premer-ligasida mazkur klubda aynan Aleksandr Kerjakov qo‘l ostida o‘ynab, Moskvaning “Spartak” jamoasi darvozasini ishg‘ol qilgandi.

Umuman olganda, yuqoridagi uch nafar legionerimizdan tashqari, Shahboz Umarov ham “Ordabasi” safida yarim soatga yaqin to‘p tepdi. Lekin iste’dodli hujumkor futbolchimiz bu gal samarali natija qayd eta olmadi. Lekin Shahboz ham joriy chempionatda avvalgi turlarda gollari va assistlari hisobini ochib qo‘ygan.

Shomurodovga yangi xaridor chiqdi!

Shomurodovni olish oson bo‘lmayapti...

Husanovning eng katta kamchiligi va asosiy yutug‘i aytildi

“Shomurodov bizning futbolchilardan aqlli, deganimda, hamma menga tashlangandi!? ”...

Fayzullaev O‘zbekistonda o‘zidan zo‘r futbolchilar borligi aytdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!