
La Liga. Deyarli butun o‘yin bir kishi kam bo‘lib harakat qilgan "Atletiko" ochko yo‘qotdi (Videosharh)
La Liganing 24-turidan o‘rin olgan "Atletiko" - "Selta" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda o‘yin durang bilan tugadi.
Dastlab, 7-daqiqada Barrios qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 68-daqiqada Aspas hisobni ochgan bo‘lsa, Syorlot imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "matraschilar" turnir jadvalida ikkinchi o‘rin qoldi.
Quyida ushbu o‘yin videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar