
Karantin paytida uyiga fohisha chaqirgan "Siti" futbolchisi chorak million jarima to‘ladi
"Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uoker karantin qoidalarini buzib, uyiga fohisha chaqirdi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, angliyalik futbolchi o‘z ismini o‘zgartirgan holda intim xizmatlari ko‘rsatuvchi 2 ta ayolga qo‘ng‘iroq qilgan va ularni uyiga taklif qilgan. Bu ayollar baribir Uokerni tanib qolishgan va keyinchalik bu haqda matbuotga gapirib berishgan.
Ushbu voqeadan xabar topgan “Manchester Siti” Uokerni 284 ming evro jarimaga tortgan.
Fikrlar