Jahon chempioni bo‘lgan murabbiy Abbosbek Fayzullaevga murabbiylik qilishi mumkin

  • 14 iyun, 15:17
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskovaning TsSKA klubi italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaroni bosh murabbiy sifatida taklif qilish niyatida. Bu haqda mashhur jurnalist Janluka Di Martsio xabar berdi.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, 51 yoshli murabbiyning xizmatlariga shaxsan klub prezidenti Evgeniy Giner katta qiziqish bildirmoqda.

Kannavaro so‘nggi marta Xorvatiyaning "Dinamo Zagreb" klubini boshqargan. U dekabr oyida tayinlangan, ammo 2025 yil aprel oyida lavozimidan ozod etilgan. U bosh murabbiylikni tark etgan paytda jamoa chempionatda 3-o‘rinda edi va mavsum yakuniga kelib 2-pog‘onani egallab, "Riјeka"ga ochkolar teng bo‘lishiga qaramay, shaxsiy uchrashuvlarda yutqazgani uchun chempionlikni boy bergan.

Fabio Kannavaro avvalroq "Udineze", "Benevento" (Italiya), "An-Nasr" (Saudiya), "Guanchjou" va "Tyantszin" (Xitoy) klublarida murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

TsSKA esa bosh murabbiy Marko Nikolich jamoani tark etganidan so‘ng yangi mutaxassis izlashni boshlagan. Kannavaroning kelish ehtimoli klubning kelajak rejalarida katta o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
14/06/2025 22:22
туя хаммом орзу килибди!
хакикатдан узок хабар