
"Inter" Sanchesni sotolmayapti. Chunki...
Milanning "Inter" klubi chililik hujumchi Aleksis Sanchesdan qutilmoqchi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “neradzurrilar” 32 yoshli futbolchini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida sotib yubormoqchi. Biroq uning maoshi katta ekani sababli unga xaridor yo‘q. Sanches hozirda “Inter”dan yiliga 7,5 million evro maosh oladi.
Aleksis Sanches joriy mavsum "Inter" safida 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar imzolangan.
Fikrlar