"Inter" niyatiga etishga yaqin

  • 7 oktabr, 2021, 20:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" hujumchisi Aleksis Sanchesga 5 ta klub xaridor bo‘lmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 32 yoshli chililik futbolchini "Marsel", "Sevilya", "Betis", "Valensiya" va "Rayo Valekano" klublari o‘z safida ko‘rmoqchi. Biroq Sanchesning 7 million evrolik maoshi ushbu transferlarga jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkin. Boisi futbolchi maoshining keskin pastlab ketishini xohlamayapti.

Bundan avvalroq “Inter” rahbariyati Sanchesdan imkon qadar tezroq qutulishga harakat qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Aleksis Sanches joriy mavsum "Inter" safida 4 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta golga assistentlik qildi. Uning “neradzurrilar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!