Ikki legionerimiz Premer-liga chempionligi uchun kurashadi

  • 25 fevral, 2023, 23:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston Premer-ligasi jamoalari musobaqada ishtirok etadigan futbolchilarini ro‘yxatdan o‘tkazmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasining ikki nafar a’zosi – Shahboz Umarov va Bobur Abduxoliqov yangi mavsumni “Ordabasi” jamoasida boshlaydigan bo‘ldi.

Tecno

14754d3c5ba2c7af20342723b9287ed2

Shimkentliklar 2023 yilgi mavsum uchun 23 nafar o‘yinchini qaydnomaga kiritgan. Ulardan etti nafari legionerlardir. Hamyurtlarimizdan tashqari bu jamoa sharafini Afrika, Janubiy Amerika va Evropa qit’asidan kelgan charm to‘p ustalari ham himoya qiladi.

Tarkib bilan tanishing:

Darvozabonlar:  Bekxan Shayzoda, Kajimukan Tolepbergen, Muhammadjon Seysen;

Himoyachilar:  G‘afurjan Suyumbaev, Temirlan Erlanov, Sergey Maliy, Mamadu Mbodji (Senegal), Vladislav Vasilev;

Yarim himoyachilar: Shahboz Umarov (O‘zbekiston), Asxat Tagibergen, Elxan Astanov, Maksim Fedin, Murodjon Xalmatov, Radoslav Petrovich (Serbiya), Akmal  Baxtiyorov, Zikrillo Sultonniyazov, Erkebulan Tungishbaev, Bernardo Matich (Xorvatiya), Viktor Braga (Braziliya);

Hujumchilar:  Botirxan Tojiboy, Vsevolod Sadovskiy (Belarus), Bobur Abduxoliqov (O‘zbekiston), Aybar Jaksilikov.

Mutaxassislar “Ordabasi” bu tarkib bilan chempionlik uchun da’vogarlik qilishga qodirligini ta’kidlamoqda. Ko‘pchilikni Bobur Abduxoliqov qiziqtirib qo‘ygan. Bu hujumchimiz o‘tgan mavsumda Belarus chempionati qahramoni bo‘ldi.

“Nasaf” tarbiyalanuvchisi Belarus oliy ligasining eng yaxshi futbolchisi, to‘purarlar poygasi g‘olibi sifatida e’tirof etildi. Mavsumda 30 uchrashuvda maydonga tushib, 26 ta gol va ettita assist bilan chempionatning eng foydali o‘yinchi bo‘ldi.

Yana bir tarixiy natija – Belarus chempionatlarida eng ko‘p gol urgan xorijlik futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi.

Aslida Bobur Abduxoliqov Evropaning kuchliroq ligalariga o‘tishi kutilgan edi. Biroq, 25 yoshli to‘purar “Ordabasi” taklifini qabul qilishga qaror qildi.

Shimkentliklar qishki transferlar davrida Belarusning BATE klubidan yana bir o‘zbek futbolchisi – Shahboz Umarovni olib keldi. Hujumkor futbolchimiz o‘tgan mavsumning ikkinchiya yarmini ijara asosida “Ordabasi”da o‘tkazib, mamlakat kubogini qo‘lga kiritgandi. Oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan shimkentliklar Umarovni ham o‘z safiga qo‘shib olishga qaror qildi va buni uddaladi.

Demak, o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari yangi mavsumda Qozog‘iston chempionatida “Ordabasi”ga muxlislik qilishi mumkin. Bundan tashqari, Premer-liganing yana bir klubi – “Tobol” safida O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev ham to‘p tepadi. Yangi mavsumda to‘purarlar poygasida terma jamoamizning ikki vakili – Bobur Abduxoliqov va Igor Sergeev dueliga guvoh bo‘lamiz.

Bodulll

Mamlakat kubogining amaldagi  sohibi bo‘lgan ordabasi mavsumni “Ordabasi” 26 fevral kuni Qozog‘iston Superkubogi uchun Chempion jamoa “Astana” bilan bo‘ladigan hal qiluvchi bahs bilan ochib beradi.

Premer-ligadagi birinchi tur bellashuvi 4 martga belgilangan. Shu kuni shimkentliklar o‘z saydonida “Kaspiy” bilan bellashadi.

Yangi bosh murabbiy Shomurodovni alohida tilga oldi

Hujumchimiz sakkizta legioner bilan birga o‘ynaydi

Endi Shomurodovga boshqalar ustozlik qiladi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!