
Husanxon Baratovdan chiroyli jang va ajoyib nokaut!
Xabar berganimizdek, Rossiyaning Samara shahrida URAL FC promousheni tomonidan tashkil etilgan jang kechasida og‘ir vaznli kikboksingchimiz Husanxon Baratov rossiyalik Shamil Abbasovga qarshi professional K-1 yo‘nalishida jang qildi.
Quvonarlisi, jangning 2-raundida hamyurtimiz o‘zining "Overxend" zarbasi evaziga raqibini nokautga uchratdi. Ushbu chiroyli va muhim g‘alaba bilan yurtdoshimizni muborakbod etamiz!
Fikrlar