Husanov tufayli tojik futbolchisi boshqa chempionatni tanladi

  • 29 mart, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Tojikistonlik futbolchi Alisher Rahimov taniqli insayder Ivan Karpga bergan intervyusida o‘ziga Qozog‘istondan taklif bo‘lgani, biroq Abduqodir Husanov tajribasidan kelib chiqib, Belarus oliy ligasiga yo‘l olganini ma’lum qildi.

Tecno

- Qaror qabul qilish uchun vaqtim juda kam edi. Belarus va Qozog‘istondan variantlarni taklif qilishdi. “Smorgon” klubini tanladim.

Abduqodir Husanovning tajribasi shuni ko‘rsatyaptiki, har qanday futbolchi yaxshi klublarda o‘ynab ketishga qodir. Mening maqsadim ham u kabi Evropaning top-ligalarida to‘p tepish.

Men endi Medialiga haqida bosh qotirayotganim yo‘q. U erga qaytmoqchi emasman. Bor e’tiborimni professional futbolga va mashg‘ulotlar jarayoniga qarataman. Shu bois, Medialiga jamoalariga ko‘p bor rad javobini berdim, - dedi Alisher Rahimov.   

22 yoshli Alisher markaziy hujumchi hisoblanadi. Shuningdek, har ikki qanotda hujumkor futbolchi vazifasini bajarishi mumkin. U futbol sir-asrorlarini Tojikistonning “Barkchi” klubida boshlagan. Keyinchalik Medialigada Rossiyaning “Amkal” va “Broke Boys” jamoalari sharafini himoya qilib, jami 49 ta uchrashuvda 14 ta gol va 11 ta assist muallifi bo‘ldi.

Joriy yil boshida Tojikiston oliy ligasida ishtirok etayotgan “Ravshan” klubiga qo‘shilgan edi. Biroq birorta uchrashuvda ishtirok etmay, Belarus chempionatiga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, bugun jahon futbolida o‘chmas iz qoldirayotgan Abduqodir Husanov ham professional futbolchilik faoliyatini Belarus chempionatida boshlagan. Dastlab, “Bunyodkor” akademiyasida tahsil olgan Husanov Belarusga borib, “Energetik-BGU” mashg‘ulotlarida qatnashdi. Keyin shu klub bilan birinchi rasmiy shartnomasini imzoladi.

Belarus oliy ligasida bir yil o‘ynaganidan keyin 2023 yilning yozida “Lans”ga yo‘l oldi. Markaziy himoyachimizning O‘zbekiston U-20 terma jamoasi safida Argentinada o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi o‘yinlari Evropaning qator klublari skautlarining e’tiborini tortdi.

Frantsiya chempionatida bir yarim mavsum o‘ynagan legionerimiz o‘z salohiyatini namoyish eta oldi va joriy mavsum unga Evropaning yigirmaga yaqin klubi og‘iz soldi. Qishki transferlar davrida “Manchester Siti” rahbariyati o‘zbek futbolchisi uchun jami 50 million evro (40 million evro badal puli + 10 million evro bonus) tikib, Abduqodirni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Husanov Angliya chempionatidagi birinchi o‘zbek futbolchisi sifatida“Manchester Siti” safida Premer-liga, mamlakat kubogi va Evropa Chempionlar ligasida debyutlarini nishonlab bo‘ldi, yangi jamoasida gollari hisobini ham ochdi.  

Angliyada maydonlarida o‘zini ko‘rsatayotgan 21 yoshli legionerimizning transfer summasi bugungi kunda 35 million evroni tashkil qilmoqda. Husanov Osiyo futbolining eng qimmatbaho himoyachilaridan biri hisoblanadi.

Eng muhimi, o‘zbek futbolchisi jahon futbolining eng katta klublarida nufuzli ligalarni zabt etayotgani mintaqamizning ko‘plab yosh o‘yinchilariga kuchli motivatsiya bo‘lmoqda.

Evropadagi chempion jamoa Fayzullaevni qaysi yulduz o‘rniga olmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi

Husanov va O‘zbekiston haqidagi “shov-shuvli luqmalar”ga xorijdan munosabat keldi

Husanovni qanday qilib qo‘ldan chiqarish mumkin?!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
31/03/2025 20:08
Nimaga boshqa maqolaga kirib ketyapti adminlar xatolikni to‘g‘rilanglar
&
Futbollmani
31/03/2025 19:27
Мавзу бошкаку
&
komiljon12
31/03/2025 06:27
Сизларда инсоф борми узи, -"Эслатиб утамиз" деб бошланган абзацдан пастдагиларини минг марта ёздиларинг-сийкаси чикиб кетди! Сизларда фаросат булмаса хам-укувчиларда бор, катта бир республика ОАВ каби караб укилади, маколаларингиз! Ёки Абдукодир Хусановнинг долларларидан тамагирмисизлар?
Rest Lover
30/03/2025 16:49
Yashavor Alisher! Juda to'g'ri qaror! Omadingni bersin! Senga ham Abduqodirni yo'lini bersin!
&
Mr. Azimov
29/03/2025 19:58
Abduqodir hozirgi darajaga chiqishida aynan belarus chempionati unchalik sababchi emas. Avvalo Abduqodir borgan Energetikda o‘sha paytda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha judayam tajribali inson bosh murabbiy bo‘lgan. Aynan uni metodikasi bo‘yicha 2 yil Abduqodirni pishitgan. Va keyin uni Vatanimiz U 19 jamoasiga qabul qilinishi, avvalo osiyo kubogi, keyin jahon chempionatida o‘ynashi sabab bo‘gan. Lans uni Jahon chempionatida ko‘rgan. Belarusga bording Top 5 ga ketting deganimas. O‘zimizdan ham Belarusda 10 ga yaqin futbolchi o‘ynadi lekin hammasi top 5 ga ketmadiku. Masalan o‘sha payt Abduqodir bilan Bobir Abduholiqov jamoadosh edi va asosiy yulduz, chempionat to‘purari Bobir edi:)
&
+998950198726
29/03/2025 20:28
Айнан Белорус чемпионатининг хизматига катта.ўзини бунёдкор клуби бундан ўйинчи чиқмайди деганда белоруслар ишонч билдирди.бунга Улуғбек Эсанбаевниям хизмати катта