
Husan Baratov Samarada jang qiladi!
Bugun, 25 mart kuni Rossiyaning Samara shahrida o‘ziga xos jang kechasi bo‘lib o‘tadi. Ural FC promousheni tomonidan tashkil etilayotgan mazkur oqshomda MMA hamda K-1 yo‘nalishida janglar bo‘lib o‘tadi.
Biz uchun ahamiyatli jihati, og‘ir vazn toifasidagi vakilimiz Husan Baratov rossiyalik Shamil Abbasov bilan K-1 yo‘nalishida jang o‘tkazadi. Ushbu muhim jangda yurtdoshimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar