Haydalgan Arne Slot o‘rniga “Liverpul”ni kim boshqarishi aniq bo‘ldi

  • 13 fevral, 07:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 25-turidan o‘rin olgan “Vulverxempton”ga qarshi uchrashuvda jamoani maydonga ikkinchi yordamchi murabbiy Jon Xeytinga olib tushadi.

Tecno

Bu haqda Liverpool Echo nashri xabar bo‘ldi.

Gap shundaki, chempionatdagi 15-turning qoldirilgan uchrashuvida bosh hakam bir necha marta qizil kartochkasini ishga solishiga to‘g‘ri keladi.

Hammasi 90+8-daqiqada “Everton” hisobni 2:2 tenglashtirgan vaziyatdan boshlandi. “Everton” futbolchilari golni “Liverpul” muxlislari o‘tirgan tribuna qarshisida nishonladi. Natijada Kyortis Jons (“Liverpul”) va Abdulaye Dukure (“Everton”) o‘rtasida janjal chiqdi. Har ikki o‘yinchiga qizil kartochka ko‘rsatdi.

Bosh hakam to‘polonga aralashgan “Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot va uning birinchi yordamchisi Sipke Xyulsxoffni ham maydondan haydadi.

Endi shuning uchun ham “Vulverxempton”ga qarshi bahsda chempionatda peshqadamlik qilayotgan “Liverpul”ni Eon Xeytinga boshqarishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
13/02/2025 09:10
шунака ахмокона, хакоратомуз сарлавха учун сен журналистларни ишдан хайдаш керак! хайдалиш нималигини билмацдиган сендака ковоккаллаларга ла'нат булсин