
Hamidjon Aktamov: "Oldimizga futbolda yutqazmaslik maqsadi qo‘yilgan"
“Qizilqum” – “Andijon” o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida g‘olib jamoa ustozi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- G‘alaba bilan tabriklaymiz. O‘yindan olgan taassurotlaringiz qanday?
- Tabrik uchun rahmat. Navoiylik muxlislarimizni ham g‘alaba bilan tabriklayman. Har doim startdagi o‘yin qiyin bo‘lgan. Baribir hammada ham ozgina hayajon bo‘ladi. Xudoga shukrki, yutib oldik. “Andijon” jamoasi ham yaxshi tayyorlangandi, ularga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman. Bugun kerakli uch ochkoni qo‘lga kiritdik.
- Bugun Grigalashvili jarohati tufayli zaxirada qoldirildi. Keyingi o‘yinda uni maydonda ko‘ramizmi?
- Ozgina jarohati bor. Keyingi o‘yingacha biroz vaqt bor. Bilmadim, agar ungacha sog‘aysa o‘ynaydi.
- Islom To‘xtaxo‘jaevning bugungi o‘yini haqida fikringiz?
- Islom bugun yaxshi o‘ynadi. Umuman, barcha yigitlar yaxshi o‘yin ko‘rsatdilar. Faqat bizga yana omad biroz etishmadi. Ko‘proq gollar urishimiz mumkin edi. Ammo o‘z darvozamizdan gol o‘tkazishimiz ham mumkin edi. Futbol shunisi bilan qiziq. Keyingi uchrashuvlarda bundan ham yaxshiroq o‘ynaymiz.
- “Qizilqum” bu yil o‘z oldiga qanday maqsad qo‘ygan?
- Futbolda yutqazmaslik maqsadi qo‘yilgan.
Fikrlar