Hakim Fuzaylov pro liga klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi

  • 17 may, 2024, 11:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Proliga 7-turidan so‘ng 10 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turgan "Xorazm" amaldagi bosh murabbiy Ruslan Ahmedovni iste’foga chiqardi. Tomonlar o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qildi. 

Tecno

Uning o‘rniga rossiyalik mutaxassis Hakim Fuzaylov "Xorazm" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Mutaxassis klubni 2024 yilgi mavsum yakuniga qadar boshqarishi ko‘zda tutilgan. 

Ma’lumot uchun, Hakim Fuzaylov Proligadagi muvaffaqiyatlari bilan yaxshi tanish. Jumladan, u 2021 yil "Dinamo" klubi bilan Proligada ishlagan bo‘lib, yakunda jamoani Superligaga olib chiqqandi. 2022 yil esa "Buxoro" klubi bilan Proligada muvaffaqiyatli ishtirok etib, mazkur jamoaning ham Superligaga yo‘l olishiga katta hissa qo‘shgandi.

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!