
Gvardiola o‘zi bilan urishib qolgan yulduzni baribir uzoqqa jo‘natvordi
“Manchester Siti” bosh murabbiy Xosep Gvardiolaga kerak bo‘lmay qolgan himoyachi Joau Kanseluni Saudiya Arabistoniga yuborishga qaror qildi.
City Report nashrining yozishicha, Saudiya Arabistoni chempioni “Al-Hilol” APL g‘olibini transferga ko‘ndirgan. Manbaga ko‘ra, shayxlar 30 yoshli o‘ng qanot himoyachisi uchun “shaharliklar” hisob raqamiga 35 million evro o‘tkazib beradi.
“Manchester Siti” Kanseluni 2029 yili “Yuventus”dan 65 million evroga transfer qilgandi. 2023 yilda futbolchi bosh murabbiy Xosep Gvardiola bilan urishib qolganidan keyin mavsumning ikkinchi yarmida “Bavariya”ga ijaraga berib yuborildi.
O‘tgan mavsumda manchesterliklar uni “Barselona”ga ijaraga jo‘natdi. Bu gal Gvardiola bebosh shogirdidan to‘liq qutilish imkonini topdi.
Fikrlar