
Frantsuz klubi o‘z yulduzini Ronalduning oldiga jo‘natmoqchi emas
"An-Nasr" "Marsel" hujumchisi Meyson Grinvud transferi bo‘yicha frantsuz klubi bilan kelisha olmayapti.
Avvalroq, Saudiya klubi "Marsel" vingeriga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Transferda MYuda Grinvud bilan birga o‘ynagan Krishtianu Ronaldu asosiy rol o‘ynashi mumkin.
Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, "Marsel" futbolchini sotmoqchi emas. "An-Nasr" bundan keyin ham harakat qilishda davom etadimi yoki Grinvudning o‘zi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga tayyormi, hozircha noma’lum.
"Manchester Yunayted" futbolchining transfer summasining 50 foizini oladi.
O‘tgan mavsumda Grinvud Liga 1da 34 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urgan va 5 ta golga hammualliflik qilgan.
Fikrlar